Ердан Фойдаланишни Ривожлантириш Маркази

Ижтимоий-иктисодий ривожланиш ва атроф-мухит баркарорлигини таъминлашда ердан фойдаланишда бошкарувни мукаммаллаштириш

Главная   /   Пресс-центр

Пресс-Центр



Tempus LAREMA loyihasining monitoringi o'tkazildi

2008 yilning 23 dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida, 24 dekabr kuni esa Samarqand Davlat arxitektura va qurilish institutida Tempus LAREMA loyihasining monitoringi o'tkazildi.

Kunning birinchi yarmida keng auditoriyaga mo'ljallangan konferentsiya tashkil qilindi
. Ushbu konferentsiyada OTMlarning professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Monitoring davomida OTMlarning rahbariyati, loyihada ishtirok etayotgan xodimlar hamda magistrant va bakalavr talabalar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Shuningdek, Tempus Dasturlari koordinatori Aziza Abduraxmanova LAREMA loyihasi doirasida tashkil etilgan “Yerdan foydalanishni rivojlantirish markaziga (TIMI) va “Kadastr markazi” ga (SamDAQI) tashrif buyurdi va erishilgan natijalar bilan tanishdi. Loyihaning har bir qatnashchisi bilan suxbatlar uyushtirildi, kelgusi rejalar muxokama qilindi. Kun yakuniga kelib o'rganilgan ma'lumotlar tahlil qilinib, dastlabki natijalar e'lon qilindi.



Логин:
Пароль:


LAREMA Лойихаси

Темпус — LAREMA CD JEP Узбекистонда ер ресурсларини бошкариш CD JEP Land Resource Management in Uzbekistan. Тулик маълумот